Jahon | 12:18 / 29.10.2018
37631
2 daqiqa o‘qiladi

Indoneziyadagi fojia. Boeing halokatga uchragan joydan video e'lon qilindi

Foto: twitter.com-Sutopo_PN

Indoneziyadagi tabiiy ofatlar bilan kurashish bo‘yicha Milliy kengash vakili Sutopo Purvo Nugroxo tvitterdagi o‘z sahifasida Boeing 737 samolyoti qulagan joy tasvirlangan videoni e'lon qildi.

«Bu Karavang qirg‘og‘iga yaqin suvlarga qulagan Lion Air JT 610 samolyotining izlari», - deb yozadi Nugroxo.

Videoyozuv kemalar ekipaji tomonidan qidiruv ishlari joyida tasvirga olingan.

Avvalroq, aviakompaniya halokatga uchragan samolyot parvoz uchun yaroqli bo‘lganini ma'lum qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Lion Air aviakompaniyasining Boeing 737 yo‘lovchi samolyoti Jakarta aeroportidan parvoz qilgach halokatga uchradi. Samolyot parvozga chiqqanidan keyin taxminan o‘n daqiqa o‘tib radarlardan yo‘qolib qolgan. 

Jakartadan Indoneziyaning Banka orolidagi Pankalpinang shahriga JT-610 reysini amalga oshirayotgan Boeing 737 samolyoti mahalliy vaqt bilan soat 6:20da (Toshkent vaqti bilan 4:20) parvoz qilgan va soat 6:33da yo‘qolgan.

Indoneziyada halokatga uchragan samolyot bortida 188 kishi bo‘lgan. Bu haqda mahalliy OAV xabar bermoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid