Olimlar insoniyatga meva va sabzavot yetishmayotganini ma'lum qilishdi
Olimlarning aytishicha, sayyoramizdagi hamma odamlar ham sog‘lom ovqatlanish imkoniyatiga ega emaslar. Ularning aytishicha, zamonaviy qishloq xo‘jaligi tizimi butun insoniyatning meva va sabzavotlarga ehtiyojlarini qondira olmaydi.
Phys.org portalining ma'lum qilishicha, Guelf universiteti (Kanada) olimlari dunyoda g‘alla, yog‘ va shakar me'yoridan ko‘p ishlab chiqarilayotganini qayd qilishmoqda. Bu orada insonning sog‘lom ratsioni yarmiga meva va sabzavotlardan, 25 foizga g‘alladan va yana shuncha oqsil, yog‘ va sut mahsulotlaridan iborat bo‘lishi lozim.
Biroq hozir dunyoda bir kishiga parhezshunoslar tomonidan tavsiya qilingan 8 porsiya g‘alla o‘rniga 12 porsiya g‘alla, 15 porsiya meva-sabzavot o‘rniga 5 porsiya, 3 porsiya moy va yog‘ o‘rniga bir porsiya, 5 porsiya oqsil o‘rniga 3 porsiya ishlab chiqarilmoqda. Insonga bir porsiya shakar yetsa-da, hozir undan dunyoda 4 marta ko‘proq ishlab chiqarilmoqda.
Mavzuga oid
08:22 / 30.05.2024
O‘zbekiston meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari ma’lum qilindi
22:31 / 28.05.2024
EastFruit: Minimal eksport narxlari – O‘zbekiston meva-sabzavot eksportiga zarba
09:00 / 29.04.2024
O‘zbekiston 3 oyda meva-sabzavot mahsulotlarini asosan Pokiston va Rossiyaga sotdi
07:45 / 29.04.2024