Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda strategik yadroviy kuchlar mashg‘ulotlari boshlandi
AQShda 29 oktabrda strategik yadroviy kuchlarning har yili o‘tkaziluvchi Global Thunder-2019 mashg‘ulotlari boshlandi. Bu mashg‘ulotlar doirasida alohida e'tibor yadroviy tiyib turishga qaratiladi. Bu haqda AQSh qurolli kuchlari strategik qo‘mondonligi boshlig‘i general Jon Xayten ma'lum qildi.
Xaytenning aytishicha, “yadroviy uchlik strategik tiyib turishning asosi hisoblanadi, AQSh qo‘shinlari esa zarurat bo‘lganda dunyoning istalgan nuqtasida buyruqlarni bajarishga tayyor bo‘lishi lozim”.
Mashg‘ulotlarda amerikalik harbiylardan tashqari, Avstraliya, Buyuk Britaniya, Daniya, Kanada va Janubiy Koreya harbiylari ham ishtirok etadi. “21-asrda tiyib turish global yondashuv bo‘lishi va unda ittifoqdoshlarimiz va hamkorlarimiz ham ishtirok etishi kerak”, deb ta'kidlab o‘tgan Xayten.
Mashg‘ulotlar davomida global zarba berish va raketalarga qarshi mudofaa vositalari harakatlari mashq qilinadi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025