Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Boeing halokati. Indoneziyada qurbon bo‘lganlardan o‘n nafarining jasadi topildi
Indoneziya qirg‘oqlari yaqinidagi qidiruv-qutqaruv amaliyotlari vaqtida Boeing 737 MAX samolyoti halokati oqibatida qurbon bo‘lganlardan o‘n nafarining jasadi topildi. Bu haqda The Straits Times yozmoqda.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Singapur transport xavfsizligini tekshirish bo‘yicha byurosi mutaxassislari Jakartaga yetib kelishgan.
Aniqlik kiritilishicha, ular ham qurbonlar jasad qoldiqlarini suv osti lokatori yordamida qidirib topish ishlarida ishtirok etish niyatida.
Avvalroq, Indoneziya hukumati ikki yil oldin Lion Air aviakompaniyasiga talab qo‘ygani haqida xabar berilgandi.
Lion Air aviakompaniyasining Boeing 737 yo‘lovchi samolyoti Jakarta aeroportidan parvoz qilgach halokatga uchradi. Samolyot parvozga chiqqanidan keyin taxminan o‘n daqiqa o‘tib radarlardan yo‘qolib qolgan. Jakartadan Indoneziyaning Banka orolidagi Pankalpinang shahriga JT-610 reysini amalga oshirayotgan Boeing 737 samolyoti mahalliy vaqt bilan soat 6:20da (Toshkent vaqti bilan 4:20) parvoz qilgan va soat 6:33da yo‘qolgan. Indoneziyada halokatga uchragan samolyot bortida 188 kishi bo‘lgan.