Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistonda harbiy vertolyot qulashi ko‘plab qurbonlarga olib keldi
Afg‘onistonning Farah viloyatida armiya vertolyoti halokatga uchradi. Vertolyot bortida kamida 25 kishi bo‘lgan. Mahalliy ma'muriyatning ma'lum qilishicha, halokatda hech kim omon qolmagan.
Voqea yuz bergan vaqtda havoda 2 ta vertolyot bo‘lgan, ulardan biri qulab tushgan. Ma'lum qilinishicha, halok bo‘lganlar orasida Farah viloyati kengashi rahbari Farid Baxtavar ham bo‘lgan. Ayni vaqtda halokat sabablari o‘rnatilmoqda.
Ta'kidlanishicha, vertolyot toliblar tomonidan nazorat qilingan hududga qulagan.
Mavzuga oid
21:58 / 21.05.2025
AQSh «Tolibon»ning terrorchi tashkilot maqomini qayta ko‘rib chiqadi
15:06 / 15.05.2025
O‘zbekiston Afg‘onistondan chorva mollarini import qilishi mumkin
17:22 / 14.05.2025
Afg‘oniston O‘zbekistonga Hirot oq marmarini sovg‘a qildi
17:47 / 12.05.2025