Jamiyat | 10:57 / 31.10.2018
7214
5 daqiqa o‘qiladi

Yosh olimlarning innovatsion loyihalari tanlovi bir yo‘nalishida 30ta loyiha baholandi

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashida Respublika yosh olimlar Kengashining “Respublika yosh olimlarining innovatsion loyihalari” grant tanlovi bo‘lib o‘tmoqda. 

Unda ishtirokchilar loyihalarining taqdimoti o‘tkaziladi. Oliy ta'lim muassasalari, Ilmiy tadqiqot muassasalarining bakalavr, magistr, tayanch doktorant va mustaqil izlanuvchilarining ilmiy nazariy hamda ilmiy amaliy tadqiqotlarini natijadorligini oshirish, ishlab chiqarishga samarali joriy etish, eng asosiysi esa, ularning ilm fan yutuqlariga bo‘lgan qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan mazkur tanlov aniq fanlar, ijtimoiy-gumanitar fanlar va tabiiy fanlar yo‘nalishlari bo‘yicha olib borilmoqda. Har bir yo‘nalish bo‘yicha 3 nafardan g‘oliblar saralab olinadi.

Joriy yilning 30 oktabr kuni ijtimoiy-gumanitar fanlar yo‘nalishida qiziqarli bahs-munozaralarga boy taqdimotlar bellashuvi tashkil qilindi. Unda 30 ta loyiha xolislik, adolat, shaffoflik va qonuniylik prinsiplariga amal qilingan holda baholandi. Tanlov g‘oliblarini aniqlash mezonlariga ko‘ra tanlovga taqdim etilayotgan loyihalarning jamiyatimizdagi ijtimoiy va amaliy muammolarni bartaraf etilishi, maqsadli yo‘naltirilganligiga alohida e'tibor qaratildi.

—200 nafar ishtirokchi qatnashgan tanlovda bakalavr, magistr darajasidagi ayrim yoshlarning o‘z loyihalarini namoyish etishida biroz tajriba yetishmadi. Ko‘pchilik hujjatlarda kamchiliklar mavjudligi, ularning talabga javob bermasligi va innovatsion loyihalarni taqdimot shaklida tayyorlanmaganlik holatlariga duch keldik. Ularni rasmiylashtirish qoidalari,tanlovda ishtirok etishning o‘ziga yarasha tartibi mavjud. Jarayon davomida qatnashchilarning bu borada yetarlicha ma'lumotga ega emasligiga guvoh bo‘ldik. Shu sabab tanlovga 200 nafar hujjat topshirilgan bo‘lsa, ularning 100 tasi saralab olindi. Bugun tanlovning ijtimoiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha loyihalar taqdimoti baholandi. Bu yo‘nalishdagi loyihalar orasida muvaffaqiyatlilarini ham ko‘rdik. Tanlovga xalqaro darajadagi innovatsion loyihalar ham taqdim etilgan. Ishtirokchilar orasidan 3 nafar g‘oliblar saralab olindi. Tanlovdagi iqtidorli sohiblar o‘zlarining haqiqiy yosh olim ekanligini isbotlashdi. Chunki ular fundamental tadqiqotlarni amalga oshirishmoqda, – deydi Yosh olimlar Kengashi direktori Kamoliddin Mirzaahmedov. — Tanlovda g‘olib bo‘lmagan loyihalar ham e'tibordan chetda qolmaydi. Ularni yanada takomillashtirish uchun ilmiy texnik laboratoriyalariga yo‘naltiramiz. U yerda loyiha shakllantiriladi va O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirligining xalqaro tanlovlariga yo‘naltiriladi. Ijtimoiy gumanitar yo‘nalish egalari bugun faqat bu yo‘nalish bilan chegaralanibgina qolmay, bir necha fundamental fanlar uyg‘unligi asosida loyihalarini ishlab chiqishgan. 3 nafar loyiha g‘olibiga 10 mln so‘mdan grant ajratiladi. Tadqiqotchi iqtisodiyot rivoji uchun xizmat qiluvchi kadrdir. Ularni qo‘llab-quvvatlash uchun Yosh olimlar kengashi INHA universiteti bilan hamkorlikda xalqaro darajadagi istiqbolli loyihalarni amalga oshiradi. Jumladan, yoshlarni IT hamda texnik va texnologik konstruktor sohalariga jalb etish bo‘yicha tizimli ishlarni yo‘lga qo‘yilmoqda.

Tanlovda iqtisodiy samaradorligi yuqori bo‘lgan, loyihalar O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan mualliflik huquqini beruvchi patent guvohnomalari berilishiga tavsiya etildi. Tanlov yakunida g‘oliblar bo‘yicha xulosa bayonnomasi rasmiylashtiriladi.

— Mazkur tanlovda Toshkent xalqaro BMT moduli” loyihasi bilan ishtirok etdim. Bu loyihada O‘zbekistonga “Education for justice» adolat uchun ta'lim konseptsiyasini olib kirmoqchiman. Loyiha xalqaro dastur asosida 3 bosqichda amalga oshiriladi, – deydi tanlov ishtirokchisi Tolibjon Mustafoyev. — Dastlabki bosqichda har xil elektron o‘yinlar, multfilmlar orqali maktab yoshidagi bolalarning huquqiy madaniyatini oshirishga erishiladi. Keyingi bosqichlarda esa Oliy ta'lim muassasalari talabalari va professor o‘qituvchilari uchun “Toshkent xalqaro BMT moduli” konferensiyasi dasturi bilan korrupsiyaga qarshi kurashish, jinoyatchilikni oldini olish hamda O‘zbekistondagi asosiy me'yoriy hujjatlarni yuritishga imkon yaratiladi.

Mavzuga oid