Jahon | 14:41 / 31.10.2018
6605
1 daqiqa o‘qiladi

Indoneziyada halokatga uchragan Boeing’ning ehtimoliy parchalari topildi

Foto: REUTERS / Stringer

Indoneziyada mamlakat qirg‘oqlari yaqinida halokatga uchragan Boeing 737 MAX samolyotining ehtimoliy parchalari topildi. Bu haqda The Jakarta Post yozmoqda.

Ta'kidlanishicha, mamlakat harbiy-dengiz kuchlari suv ostidan uzunligi taxminan 20 metr bo‘lgan obektni topishgan. U Jakartadan shimoli-sharqda, 32 metrlik chuqurlikda joylashgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Indoneziyada halokatga uchragan Boeing’ning fyuzelyaji topilgandi.

Indoneziya qurolli kuchlari rahbarining ma'lum qilishicha, Indoneziya qirg‘oqlari yaqinida halokatga uchragan samolyotning fyuzelyaji topilgan.

Lion Air aviakompaniyasining Boeing 737 yo‘lovchi samolyoti Jakarta aeroportidan parvoz qilgach halokatga uchradi. Samolyot parvozga chiqqanidan keyin taxminan o‘n daqiqa o‘tib radarlardan yo‘qolib qolgan. Indoneziyada halokatga uchragan samolyot bortida 189 kishi bo‘lgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid