Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ronaldu «Oltin to‘p» uchun kimlarni o‘ziga raqobatchi deb bilishini aytdi
«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu 2018 yilgi «Oltin to‘p» sovrini uchun kurashda kimlarni o‘ziga raqobatchi deb bilishi haqida aytib o‘tdi. Bu haqda France Football xabar tarqatdi.
«Mening eng asosiy raqiblarim Saloh, Modrich, Grizmann, Varan va Mbappe bo‘ladi. Umuman olganda, Fransiya termasining barcha a'zolari. Chunki ular bu yil jahon chempioni bo‘lishdi», - degan Ronaldu.
«Messi bu safar nomzodlar orasida bo‘ladimi-yo‘qmi, buni bilmayman. Ammo keling, boshqa futbolchilar ham biz Leo ikkimiz uddalagandek 10 yil davomida shohsupada qola oladimi, shuni kuzatamiz», - deya qo‘shimcha qilgan portugaliyalik hujumchi.
Eslatib o‘tamiz, 8 oktabr kuni France Football o‘z ta'sis etgan nufuzli mukofot uchun nomzodlarning 30 talik ro‘yxatini e'lon qilgan edi. Sovrin sohibi kim bo‘lishi 3 dekabr kuni ma'lum bo‘ladi.
Mavzuga oid
15:10 / 01.05.2025
Ronaldu va Messi bir kunda yarimfinal o‘yinlarida yutqazdi
14:09 / 24.03.2025
Ronaldu noyob ko‘rsatkichga erishdi
15:28 / 30.01.2025
Ronaldu: «O‘g‘limga Mbappe yoqadi, u «Dada, Kilian sizdan yaxshiroq» dedi. Men esa «Kim ko‘proq gol urgan?» deb so‘radim»
11:06 / 14.12.2024