Jahon | 17:20 / 01.11.2018
15492
2 daqiqa o‘qiladi

Yovvoyi tabiat butunlay yo‘q bo‘lib ketishi taxmin qilindi

Foto: Gregoire Dubois

Kvinslend universiteti (Avstraliya) olimlarining xulosasiga ko‘ra, yovvoyi tabiat saqlanib qolayotgan Yer yuzidagi joylar jadallik bilan yo‘q bo‘lib ketmoqda. Bu haqda Phys.org’dagi matbuot uchun xabarnomada aytiladi.

Tadqiqotchilarning so‘zlariga ko‘ra, taxminan bir asr oldin Yer yuzasining atigi 15 foizi insoniyat tomonidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish va chorvachilik uchun foydalanilgan. Hozirgi vaqtda inson faoliyati quruqlikdagi hududning 77%ini, shu jumladan Antarktidani hamda Jahon okeanining 87%ini qamrab oladi. 1993 yildan 2009 yilgacha bo‘lgan davrda aholi punktlari, qishloq xo‘jaligi yerlari va sanoat 3,3 mln kvadrat kilometr o‘zlashtirilmagan hududlarni egalladi.

Shu bilan birga, qutb hududlari okeanning kemalar harakati, ifloslanish va baliq ovlash bo‘yicha inson ta'siri u qadar baland bo‘lmagan hududlari bo‘lib qolmoqda. Qolgan tabiiy ekotizimlar faqatgina mamlakatlar ular ahamiyatini tushunib, muhofaza qilish bo‘yicha qo‘shma sa'y-harakatlar ko‘rishsa, saqlanib qolishi mumkin. Hozirgi kunda jahondagi ko‘plab muhofazalanadigan hududlar rasmiy ravishda belgilanmagan, xaritaga qo‘shilmagan va qonunchilik darajasida himoyalanmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 1970 yildan beri insoniyat Yer yuzidagi hayvonlarning 60 foizini yo‘q qilgani xabar berilgandi.

Mavzuga oid