Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oktyabr oyida tovarlar va xizmatlar narxi qanchaga ko‘tarilgani ma'lum bo‘ldi
Joriy yilning oktabr oyida mamlakatning iste'mol bozoridagi tovarlar va xizmatlar narxi o‘rtacha 1,3%ga ko‘tarildi. Umumiy hisobda 10 oy davomida iste'mol sektorida inflyatsiya darajasi 9,5%ni tashkil etdi, deb xabar bermoqda Davlat statistika qo‘mitasi.
Yilning har bir oyidagi iste'mol narxlari o‘zgarishi tahliliga ko‘ra, iqtisodiyotga sezilarli darajadagi inflyatsion bosim joriy yilning I-choragi (uch oy mobaynida inflyatsiya 4,9%ga oshgan) va sentabr-oktabr oylari (oyiga mos ravishda 1,8% va 1,3%) davomida kuzatilgan.
Oy davomidagi umumiy narxlar darajasining o‘sishiga tovarlar 1,5%, xizmatlar esa 0,5%ga ta'sir etgan. 2017 yilning oxiriga nisbatan tovarlar narxi o‘rtacha 9,1%ga oshib, xizmatlar esa 10,7%ga qimmatlashgan.
Yillik inflyatsiya darajasi tahlili natijalariga ko‘ra (2018 yilning oktabr oyi, o‘tgan yilning mos oyiga nisbatan), joriy yilning birinchi sakkiz oyi davomidagi inflyatsiya darajasida bosqichma-bosqich pasayish tendensiyasi kuzatilgan. Sentyabr oyidan e'tiboran yillik inflyatsiya darajasi yana o‘sish tomon siljiy boshladi va oktabr oyi 2017 yilning oktabr oyiga nisbatan 16,3%ni tashkil qildi.
Joriy yilning oktabr oyiga kelib, oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining oy davomidagi o‘sish sur'ati ushbu davrdagi nooziq-ovqat mahsulotlar va xizmatlar narxlari darajasidan birmuncha yuqoriroq bo‘ldi. Oziq-ovqat mahsulotlari narxlari 2,3%ga oshgan vaqtda, xizmatlar hamda nooziq-ovqat mahsulotlar narxlari umumiy narxlarning ko‘tarilishida faqatgina 0,5%ga ta'sir etdi.
Mavzuga oid
10:40 / 28.05.2025
Oliy ta’lim tashkilotlarida qancha talaba tahsil olayotgani aytildi
11:13 / 27.05.2025
Qaysi hududda eng ko‘p nikoh qayd etilgani aytildi
13:07 / 26.05.2025
34 yilda umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari soni qanchaga oshgani aytildi
11:21 / 23.05.2025