Jahon | 20:53 / 01.11.2018
28736
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya chegarasini 43 marta noqonuniy kesib o‘tgan o‘zbekistonlik taksichi qamaldi

Foto: ki-news.ru

Astraxan oblasti Krasnoyarsk tumani sudi Rossiya bilan chegarani 43 marta noqonuniy kesib o‘tgan O‘zbekiston fuqarosini 1,5 yil muddatga hukm qildi.

«Obzor» ma'lumotiga ko‘ra, ushbu shaxsga Rossiyaga kirish taqiqlangandi, ammo u 2014-2015 yillarda kamida 43 marta Rossiya chegarasini kesib o‘tgan.

Qayd etilishicha, RF Jinoyat Kodeksi 322 moddasi 2-qismi («RF davlat chegaralarini noqonuniy kesib o‘tish») bo‘yicha 4 yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum etish yoki 300 ming rubl (37,3 mln. so‘m) miqdorida jarima qo‘llash belgilangan.

Mavzuga oid