Jahon | 23:36 / 01.11.2018
30437
1 daqiqa o‘qiladi

Tabiati dastlabki ko‘rinishida eng yaxshi saqlanib qolgan davlatlar ma'lum qilindi 

Foto: Global Look Press/Serguei Fomine

Tabiati dastlabki ko‘rinishida eng yaxshi saqlanib qolgan davlatlar ro‘yxati ma'lum qilindi. Ro‘yxatga Rossiya yetakchilik qilmoqda. Ushbu davlatning 15 mln kvadrat kilometrlik hududini yovvoyi holda saqlanib qolgan deb hisoblash mumkin. 

2-o‘rinni Kanada, 3-o‘rinni Avstraliya egallagan. Yetakchi beshtalikdan AQSh va Braziliya ham o‘rin olgan. Bu beshta davlatda saqlanib qolgan yovvoyi tabiat hajmi butun dunyodagi shunday joylarning 70 foizini tashkil qiladi.   

Ekologlarning ta'kidlashicha, hozirda quruqlikning 77 foizi (Antarktidadan tashqari) va okeanning 87 foizi inson aralashuviga uchragan. Tegilmagan hududlar ekotizim va biologik turfalikni saqlab qolish uchun bufer hudud hisoblanadi.

30 oktabrda Butunjahon yovvoyi tabiat jamg‘armasi sayyoramizda yovvoyi jonzotlarning soni 40 yil ichida 60 foizga kamayib ketganini ma'lum qilgan. Bunga inson faoliyati bosh sabab qilib ko‘rsatilgan.

Mavzuga oid