Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Marokand Kabel Invest» MChJ zamonaviy LED chiroqlarini ishlab chiqaradi
«Marokand Kabel Invest» mas'uliyati cheklangan jamiyati «Zamonaviy LED chiroqlari ishlab chiqarish» loyihasini yo‘lga qo‘ydi.
Mazkur loyihaga ko‘ra, 2018 yilda korxonaga «Urgut» EIZ direksiyasi DUK «Do‘stlik» massivi hududidan 2 gektar yer maydoni ajratildi. Ushbu yer maydonida korxonaning o‘z mablag‘lari hisobidan qurilish ishlari amalga oshirildi.
«Zamonaviy LED yoritgich chiroqlari ishlab chiqarish» loyihasi bo‘yicha keltiriladigan ishlab chiqarish dastgohlarini xarid qilish uchun «Aloqabank» aksiyadorlik tijorat bankining Samarqand filiali tomonidan 5 mln 150 ming AQSh dollari mikdorida qisqa muddatda kam foizli kredit ajratildi hamda ushbu dastgohlar Xitoy davlatidan olib kelinib, korxonaning mavjud binolariga o‘rnatildi.
Korxona 2018 yilning ikkinchi choragidan ishlab chiqarish faoliyatini boshladi. Loyihaga asosan 100 ta yangi ish o‘rini yaratildi hamda mahalliy aholi ish bilan ta'minlandi.
Hozirgi kunda korxonada 100 turdan ortiq yiliga 2,5 mln. dona elektr energiya sarfini tejaydigan zamonaviy LED yoritgich chiroqlari ishlab chiqarilmoqda.
Ishlab chiqarilgan mahsulotlarning 30 foizi qo‘shni respublikalarga eksport kilinmokda. Mahsulotlarga ikki yillik kafolat muddati beriladi.
Korxonada kelgusida yangi xorijiy investitsiyalarni jalb qilish evaziga ishlab chiqarish faoliyatini yanada kengaytirish va ishlab chiqarish quvvatini yiliga 10 mln donaga yetkazish rejalashtirilmokda. Natijada qo‘shimcha yana 100 ta yangi ish o‘rini yaratiladi.
Prezidentning 2016 yil 26 oktabrdagi «Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risidagi» 4853-sonli hamda 2017 yil 12 yanvardagi «Urgut», «G‘ijduvon», «Qo‘qon» va «Hazorasp» erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish to‘g‘risidagi» 4931-sonli farmonlari hamda 2017 yil 10 apreldagi «Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi» Vazirlar Mahkamasining 196-sonli qarorlari ijrosi yuzasidan tashkil etilgan «Urgut» erkin iqtisodiy zona direksiyasi davlat unitar korxonasi ishtirokchisi sifatida «Marokand Kabel Invest» mas'uliyati cheklangan jamiyat korxonasi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan.
Reklama huquqi asosida