Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistonda hujum vaqtida AQSh shaharlaridan birining meri halok bo‘ldi
Afg‘onistonda hukumat qo‘shinlari orasiga “kiritilgan” jangari hujumi oqibatida AQShning Nort-Ogden shahri (Yuta shtati) meri Brent Teylor halok bo‘ldi. Bu haqda shaharga vaqtinchalik mer qilib tayinlangan Brent Chagga iqtibos keltirgan holda CBS News nashri ma'lum qildi.
Avvalroq jangari hujumi oqibatida NATO harbiysi halok bo‘lgani ma'lum qilingandi. AQSh milliy gvardiyasida halok bo‘lgan harbiy shaxsi o‘rnatilgan, biroq qoidalarga ko‘ra halok bo‘lgan harbiylar ismi yaqinlari ularning o‘limidan xabardor qilinmaguncha ma'lum qilinmaydi.
Biroq amerikalik bir qator siyosatchilar, jumladan Yuta shtati leytenant-gubernatori Spenser Koks va AQSh senatiga nomzod Mitt Romni ijtimoiy tarmoqlarda Brent Teylorning o‘lgani haqidagi xabarlarni joylashtirib, uning yaqinlariga hamdardlik bildirishgan. Teylor Nort-Ogdenga 2013 yildan beri merlik qilgan.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025