Fan-texnika | 09:20 / 05.11.2018
12753
1 daqiqa o‘qiladi

Ilon Mask Los-Anjyeles ostidan o‘tuvchi tezkor tunnelni namoyish qildi

Foto: The Boring Company

Amerikalik milliarder va SpaceX kompaniyasi rahbari Ilon Mask tvitterdagi sahifasida Los-Anjyeles ostidan o‘tuvchi ilk tezkor tunnelning videosini joylashtirdi.

Mask iyun oxirida tunnel qurilishi boshlanishini, keyinroq u 10 dekabrda ochilishini e'lon qilgan. Ma'lumotlarga ko‘ra, tunnelni qurish bilan Maskning yana bir kompaniyasi The Boring Company shug‘ullanmoqda.  

“Los-Anjyeles ostidagi butun tunnel orqali o‘tdim. Safarim xavotirli va uzoq davom etdi. Tunnelning 10 dekabrda ochilishi munosabati bilan bazmga tayyorgarlik ko‘rmoqdamiz”, deb yozgan Mask.

Mask The Boring Company burg‘ilash kompaniyasiga 2016 yil oxirida asos solgan. Maskning rejasi Los-Anjyeles va Vashingtonda tunnellar tarmog‘ini qurishni ko‘zda tutadi. Keyingi bosqichda Texas yoki San-Frantsiskoda tunnellar qurilishi mumkin.

Mavzuga oid