AQSh Guantanamodagi terrorchilarni Suriyaga qarshi qo‘llaganlikda ayblanmoqda
Suriyaning BMTdagi doimiy vakili Bashar Jafariyning aytishicha, AQSh Guantanamodagi turmasidan terrorchilikda ayblangan mahbuslarni ozod qilib, ularning Suriyaga yetib olishida yordam ko‘rsatgan.
Jafariy BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida shunday terrorchilardan biri haqida gapirib bergan. “Jixab Diyoz, shuningdek Abu al-Diyoz nomi bilan taniqli bo‘lgan suriyalik terrorchi 2000 yilda Afg‘onistonga “Al-Qoida” safida harakat qilish uchun jo‘nagan. Pokiston xavfsizlik kuchlari uni boshqa terrorchilar bilan birga qo‘lga olgan. Pokiston bu odamlarni AQSh razvedkasiga topshirgan va ular Guantanamoga jo‘natilgan”, deb ta'kidlab o‘tgan Suriya vakili.
Jafariyning aytishicha, Suriyadagi ixtilof vaqtida “AQSh Guantanamo turmasidagi ko‘plab mahbuslarni ozod qilgan”. “Bu odamlar mening davlatimda taajjubli holda paydo bo‘lgan. Ularga viza va pasport berilgan, Suriyaga yetib olishlari uchun katta sarf-xarajatlarni talab qilgan ko‘mak ko‘rsatilgan.
Diplomatning aytishicha, xalqaro terrorchilar orasida Diyoz ham bo‘lgan. “Ayni vaqtda terrorchi Turkiyada yashaydi, u Turkiya va Suriya o‘rtasida bemalol harakatlanadi, “an-Nusra” safida jang qiladi, sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan. Shunchaki bu yangilikni sizga yetkazmoqchiydim”, deb o‘z so‘zlarini yakunlagan Jafariy.
Mavzuga oid
10:31
AQSh Registon maydoni arxitekturasini saqlab qolish uchun 500 ming dollar ajratdi
23:20 / 13.11.2024
Polshada AQShning raketaga qarshi mudofaa bazasi ochildi
22:44 / 13.11.2024
Tramp ma’muriyatida Ukraina bo‘yicha maxsus vakil bo‘ladi - OAV
22:14 / 13.11.2024