Jahon | 09:30 / 06.11.2018
31642
1 daqiqa o‘qiladi

Olimlar ozon qatlami to‘liq tiklanishini ma'lum qilishdi 

Foto: Global Look Press/Oleksiy Maksymenko

Sayyoramizning ozon qatlami 2000 yildan boshlab har o‘n yillikda 1-3 foizga tiklanmoqda. Bunday ma'lumotlarni Jahon meteorologik tashkiloti keltirdi.

Olimlar dokladida aytilishicha, bunday sur'atlar bilan Shimoliy yarimsharda ozon qatlami 2030 yilgacha, butun sayyorada esa 2060 yilgacha to‘liq tiklanadi.

Mutaxassislarning ta'kidlashicha, bunday natijaga ozonni yemiruvchi birikmalarni ishlab chiqarishni taqiqlovchi Monreal bayonnomasi evaziga erishilgan.

Ozon qatlami yemirilayotgani ilk bor 1970-yillar oxirida aniqlangan. 2000-yillar boshiga kelib u yemirilishdan to‘xtagan. Bu global isish va karbonat angidrid gazining atmosferadagi miqdori ko‘paygani bilan ham bog‘lanadi.

Avvalroq britaniyalik olimlar Sharqiy Xitoydagi zararli moddalar ozon qatlamidagi darchaning yopilishiga to‘sqinlik qilayotganini ma'lum qilishgan.

Mavzuga oid