Superliga. «Bunyodkor» – «Lokomotiv» uchrashuvidan fotogalereya
5 noyabr kuni «Milliy» stadionda O‘zbekiston Superligasining 29-turi doirasidan o‘rin olgan «Bunyodkor» «Lokomotiv» uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv 2:2 hisobidagi jangovar durang bilan yakunlandi. Qiziqarli o‘tgan futbol bahsida hisobni mehmonlar ochishdi — Marat Bikmayev 40-daqiqada ilk golni urdi. Oradan ikki daqiqa o‘tib, «qaldirg‘ochlar»ning markaziy yarimhimoyachisi Aziz Haydarov hisobni tenglashtirdi — 1:1.
Tanaffusdan so‘ng o‘n besh daqiqa o‘tar o‘tmas «qaldirg‘ochlar» Sardor Sobirxo‘jayevning goli sharofati bilan hisobda oldinga o‘tib olishdi — 2:1.
O‘yinning asosiy vaqti tugallanishiga 9 daqiqa qolganida Oleg Zoteyev hisobni tenglashtiruvchi to‘pni mezbonlar darvozasiga joyladi — 2:2.
Mazkur o‘yindan so‘ng «Lokomotiv» OChL yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan O‘zbekistonning ikkinchi klubi bo‘ldi. «Temiryo‘lchilar» eng kamida OChL pley-offida o‘ynaydigan bo‘lishdi. Agar ular chempionlikni rasmiylashtirishsa, OChLni to‘g‘ridan-to‘g‘ri guruh bosqichidan boshlashadi.
O‘yinni kuzatib borgan «Tribuna.uz» fotomuxbiri undagi eng asosiy lahzalarni raqamli xotiraga muhrlab qo‘ydi.
Mavzuga oid
19:03 / 18.11.2024
PFL Superliga ramziy termasi e’lon qilinishini YTH qurbonlari xotirasiga bag‘ishladi
21:55 / 19.10.2024
Superliga o‘yini yarim soatga to‘xtab qoldi. PFL o‘yin komissarining IIB bo‘linmasiga olib ketilishi bo‘yicha bayonot berdi
08:00 / 09.09.2024
Bunyodkor shohko‘chasida 27 yoshli haydovchi urib yuborgan piyoda vafot etdi
12:13 / 17.06.2024