Jahon | 08:30 / 06.11.2018
12357
2 daqiqa o‘qiladi

Venesuela 2 oydan beri Angliya bankidan oltin zaxiralarini ololmayapti – OAV

Foto: REUTERS/Marco Bello/File Photo

Venesuela hukumati Angliya bankida saqlanuvchi 550 mln dollarlik oltin yombilarni sanksiyalar sababli bloklab qo‘yilishi mumkinligidan xavotirlanib, ortga qaytarmoqchi. Bu haqda ikki manbaga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar berdi.    

Ma'lumotlarga ko‘ra, Venesuela hukumati 14 tonna oltinni qaytarmoqchi, Angliya banki esa Lotin Amerikasi davlati bu qimmatbaho metall bilan nima qilmoqchiligiga oydinlik kiritmoqchi. Ta'kidlanishicha, Karakasning talabi 2 oydan beri bajarilmayapti. Bu go‘yoki bunday katta miqdordagi oltinni tashishda sug‘urta olish imkoni yo‘qligi bilan bog‘langan.

AQSh prezidenti Donald Tramp 1 noyabrda Venesuelaning oltin zaxiralari bilan operatsiyalarni bloklashga qaratilgan sanksiyalar kiritdi. Oq uy tarqatgan bayonotga ko‘ra, AQSh ma'muriyati Venesuela hukumatiga mamlakat boyligini o‘zining korruptsion maqsadlarida talon-taroj qilishga yo‘l bermoqchi emas. 

Ta'kidlanishicha, 2018 yil oktabriga ko‘ra, Venesuelada 164,2 ming tonna oltin bor. 2015 yildan hozirgi kungacha Venesuela oltin zaxirasi deyarli 200 ming tonnaga kamayib ketgan.

Mavzuga oid