Sport | 17:50 / 09.11.2018
8621
2 daqiqa o‘qiladi

YeChLda haftaning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

Foto: Getty Images

«Tottenhem» hujumchisi Harri Keyn Chempionlar ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

25 yoshli angliyalik futbolchi seshanba kuni PSVga qarshi kechgan bahsda dubl qayd etgan edi. U UYeFA rasmiy saytida o‘tkazilgan ovoz berish jarayoni yakunlariga ko‘ra, «Tsrvena Zvezda» a'zosi Milan Pavkov, «Manchester Siti» hujumchisi Riyod Mahrez va «Real» forvardi Karim Benzemani ortda qoldirishga muvaffaq bo‘lgan.

Keyn Chempionlar ligasining ushbu mavsumida 4 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol muallifi bo‘lib turibdi.

Ma'lumot uchun, da'vogarlar safidagi Pavkov ham dublga erishib, «Liverpul»ning sensatsion mag‘lubiyatga uchrashiga (0:2) asosiy sababchilardan biri bo‘lgan; mezbonlarning yirik 6:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakun topgan «Manchester Siti» - «Shaxtyor» o‘yinida Mahrez bitta gol va ikkita golli uzatmaga mualliflik qilgan; Benzema ham «Real»ning safardagi «Viktoriya Plzen» bilan o‘yinida (5:0) dubl qayd etgandi.

Mavzuga oid