Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Litvada qahrabodan qurilgan dunyodagi ilk hammom ochildi
Litvaning Palanga shahridagi Atostogų parkas sog‘lomlashtirish markazida to‘laligicha qahrabodan qurilgan hammom ochildi, deb yozadi Delfi. Nashrning ma'lumot berishicha, maydoni 22 kvadrat metrli xonani bezatish uchun uch tonna qimmatbaho tosh ishlatilgan.
Xabar qilinishicha, bu hammom nafaqat hayrat uyg‘otadi, balki salomatlik uchun juda foydali hamdir. Ma'lum bir haroratgacha qizdirilgan qahrabo moddalar almashinuvini yaxshilashga yordam beradigan qahrabo kislotasini ajratib chiqaradi. Bundan tashqari, ushbu xonada hammom qabul qilish asablarni tinchlantiradi va stressni yo‘qotadi.
Hammom ichida 45–48 darajadagi harorat saqlanadi. Mutaxassislar xonada yarim soatdan ortiq bo‘lmaslikni tavsiya etishmoqda.
Xabar qilinishicha, hammomga tushish narxi 3 yevro atrofida. Ammo qahrabo xonaga kirish uchun avval majmuaga 14 yevro to‘lab kirish lozim bo‘ladi.
Mavzuga oid
19:13 / 23.05.2025
Litva 1 iyundan Rossiyaning nobiometrik xorijga chiqish pasportini tan olmaydi
19:20 / 19.05.2025
Litva Belarus ustidan BMT Xalqaro sudiga da’vo kiritdi
11:42 / 07.05.2025
Serbiya OAV: Latviya va Litva Vuchichning samolyotini o‘tkazmaydi
15:31 / 16.04.2025