Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hyundai o‘zining yangi krossoveriga nom tanladi
Janubiy Koreyaning Hyundai kompaniyasi o‘zining yangi flagmaniga berilgan nomni rasman e'lon qildi. Demak, tanishing, 28 noyabrda Los-Anjyeles avtoko‘rgazmasida Hyundai Palisade taqdimoti bo‘lib o‘tadi. U Kia Telluride yo‘ltanlamasining safdoshi hisoblanadi. Yangi avtomobil rasman Santa Fe XL o‘rnini egallashi kutilmoqda. Biroq unga nisbatan daraja jihatidan balandroqda joylashadi.
Hyundai Palisade Los-Anjyelesning sohilbo‘yi hududi hisoblanuvchi Pacific Palisades sharafiga shunday nomlanmoqda. Ishlab chiqaruvchiga ko‘ra, krossover ekstereri xavfsizlik timsoli bo‘ladi. Bu yosh farzandlarni voyaga yetkazayotgan oilalar uchun juda muhim sifatdir. Bundan tashqari, krossover dizayni ham boshqa Hyundai krossoverlaridan farqlanadi.
Dastlabki ma'lumotlarga binoan, Hyundai Palisade sakkiz o‘rinli Kia Telluride platformasida barpo etiladi. Unga V6 dvigateli, oldi yetakchi bo‘lgan yoki barcha g‘ildiraklar yetakchi bo‘luvchi uzatmalar qutisi o‘rnatiladi.
Mavzuga oid
22:59 / 09.01.2025
Hyundai kompaniyasi 2025 yilda Janubiy Koreya iqtisodiyotiga 16,7 mlrd dollar sarmoya kiritadi
20:20 / 24.11.2024
Hyundai 42 mingdan ortiq avtomobilini chaqirib oladi
08:20 / 07.09.2024
Farg‘onada yo‘l chetida turgan yuk mashinasiga urilgan mikroavtobus pachaqlanib ketdi
11:36 / 24.10.2023