O‘zbekiston | 15:45 / 12.11.2018
19138
2 daqiqa o‘qiladi

Dollarning rasmiy kursi 8300 so‘mga yaqinlashmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2018 yil 13 noyabrdan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan quyidagi qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 21,30 so‘mga ko‘tarilgan va 1 dollar 8271,27 so‘mga yetgan.

1 yevro kursi esa 17,93 so‘mga tushgan, 9374,66 so‘mni tashkil qildi.

1 Rossiya rubli 2,88 so‘mga pasaydi va 1 rubl 121,79 so‘mga teng bo‘lib turibdi.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning fevralidan buyon pasayib kelgan dollar kursi sentabr oyidan yana o‘sa boshladi. Sentyabr oyi boshida kurs keskin qimmatlashgan, kurs bir haftada 176,83 so‘mga o‘sib, 1 dollar 8039 so‘mga yetgandi.

Bu hafta dollar kursi ketma-ket 14-hafta o‘smoqda.

Ma'lumot uchun, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

Mavzuga oid