«Sberbank»ning Qozog‘istondagi sho‘'basi O‘zbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda
«Sberbank» O‘zbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda, deya ma'lum qildi «Sberbank» AJ ShK boshqaruvi raisi Aleksandr Kamalov Forbes Kazakhstan’ga bergan intervyusida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘istonda bank hozirgi kunda bozor sharoitida raqobatlashadigan va eksportga ishlay oladigan biznes yo‘nalishlarini qo‘llab-quvvatlamoqda.
«2014 yilda biz bankda International desk tashkil etdik. Ushbu bo‘linma servis funksiyalarini ko‘rsatish va kompaniyalarga eksportni rivojlantirishda qo‘llab-quvvatlov taqdim etish, shuningdek, yirik transmilliy kompaniyalarga xizmat ko‘rsatishga qaratilgan. Qozog‘iston va Turkiya, Qozog‘iston va Rossiya o‘rtasidagi tovarlar oqimining katta qismi bizning bankimiz orqali o‘tadi. Xitoyga alohida tarmoq bor», - deydi Kamalov.
«Sberbank» boshqa qo‘shni mamlakatlar, masalan, O‘zbekiston bilan bunday hamkorlikni ko‘rib chiqadimi, degan savolga Kamalov «bozorga qiziqish bor» ekanini aytdi:
«O‘zbekiston bilan olib borilayotgan operatsiyalar hajmi ortib borayotganini, bozorga qiziqish borligini ko‘rib turibmiz, shuning uchun hozirda to‘lov tizimini sozlashga e'tibor qaratilgan», - dedi Kamalov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘zbek so‘mining konvertatsiyalanishi plyusga aylandi - bu davlatlararo to‘lovlarni rivojlantirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi.
Kamalov ta'kidlashicha, bankning bozorda o‘sishi bozordagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan yuqori, hozirgi ekspertizadan kelib chiqilsa, kompaniya har yili 10 foizga o‘sishi mumkinligini ko‘rmoqda.
«Biroq agar bozor tezroq o‘sadigan bo‘lsa, unda biz ham ortda qolmaymiz», - dedi Kamalov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Halyk Bank O‘zbekistonda Tenge Bank’ni ochishi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
12:47 / 22.11.2024
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obektlari xavfsizligini kuchaytirdi
12:33 / 21.11.2024
Qozog‘iston holdingi O‘zbekistondan 169 nafar mutaxassisni ish bilan ta’minlaydi
16:29 / 19.11.2024
Qozog‘istonda magistral yo‘lda o‘rtacha tezlikni oshirganlar jarimaga tortiladi
20:59 / 18.11.2024