Sport | 17:14 / 14.11.2018
12131
2 daqiqa o‘qiladi

Raneri APLga qaytdi

Foto: Getty Images

Italiyalik murabbiy Klaudio Raneri «Fulhem» bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda klub rasmiy saytida ma'lum qilingan.

London jamoasining sobiq ustozi Slavish Yokanovich qoniqarsiz natijalar ortidan ishdan olingan. Klub APLning 12 turidan so‘ng 9 ochko bilan jadvalning eng quyi pog‘onasini band etib turibdi.

«O‘z an'analari va tarixiga ega «Fulhem»ni qabul qilib olish men uchun katta sharaf. Bu jamoaning maqsadi hech qachon faqat Premer-ligada jon saqlab qolishgina bo‘lishi kerak emas. Biz doimiy xavfli raqibga aylanishimiz va muvaffaqiyatlarga erishishimiz kerak», - deb aytib o‘tgan Raneri.

67 yoshli murabbiy bunga qadar «Napoli», «Valensiya», «Atletiko», «Chelsi», «Yuventus», «Inter», «Roma», «Monako» va «Lester Siti» kabi jamoalardagi faoliyati bilan jamoatchilik nazariga tushgan. U 2015/16 yillar mavsumida «Lester»ni Angliya chempionligi sari boshlab borgan edi. O‘sha yili Raneri FIFA talqiniga ko‘ra yilning eng yaxshi murabbiyi deb tan olingan.

Mavzuga oid