Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Brexit haqidagi xabarlar fonida funt sterling «quladi»
Britaniyaning Brexit ishlari bo‘yicha vaziri Dominik Raab iste'foga chiqqanligi haqidagi xabarlardan so‘ng, Britaniya funt sterlingi qiymati keskin tushib ketdi. Bu haqda ExchangeRates xabar bermoqda.
Xabar qilinishicha, Toshkent vaqti bilan soat 14:10da yevroga nisbatan Britaniya funt sterlingi qiymati 0,95% ga pasayib, 1,13693lik ko‘rsatkichga yetdi. Funt sterlingning dollarga nisbatan qiymati 0,92% ga pasayib, 1,28652ni tashkil etdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Brexit bo‘yicha kelishuv rejasi e'lon qilingandi. O‘tish davri muddati ham ma'lum bo‘ldi.
Brexit shartlari bo‘yicha Yevropa ittifoqi bosh muzokarachisi Mishel Barnening ma'lum qilishicha, Britaniyaning Yevropa ittifoqidan chiqib ketganidan keyingi o‘tish davri 2020 yil 31 dekabrga qadar davom etadi.
Mavzuga oid
14:48 / 24.11.2024
London YeI bilan munosabatlarni tiklash uchun muzokarachi qidirmoqda
14:06 / 11.12.2022
San’at asarlarimi yoki soxta pullar – dollar va funt sterling tasvirlarini qo‘lda chizib sotgan amerikalik rassom nega ayblangandi?
08:53 / 01.12.2022
Brexit: Bryussel Londonga bosim o‘tkazishning yangi vositalariga ega bo‘ladi
14:37 / 04.01.2022