O‘zbekiston | 13:16 / 15.11.2018
38440
1 daqiqa o‘qiladi

Prezident Nukus xalqaro aeroportini ko‘zdan kechirdi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15 noyabr kuni Nukus shahriga tashrif buyurib, dastlab Nukus xalqaro aeroportida amalga oshirilgan modernizatsiya ishlarini ko‘zdan kechirdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, davlat rahbarining 2017 yil yanvar oyidagi tashrifi chog‘ida berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida bu yerda qariyb 80 milliard so‘mlik ishlar bajarilgan. Aeroport binosi rekonstruksiya qilinib, terminal kengaytirilgan, zamonaviy jihozlangan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Nukus xalqaro aeroporti Qoraqalpog‘istonni iqtisodiy rivojlantirish, biznes aloqalarni kengaytirish, turistlar oqimini ko‘paytirishga xizmat qilishini ta'kidladi, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonga jo‘nab ketgani xabar qilingandi.

Mavzuga oid