Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Hindiston birgalikda IT-parklar yaratishi mumkin
15 noyabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Hindiston elektronika va axborot texnologiyalari vazirligi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar bermoqda.

Uchrashuvda Hindiston elektronika va axborot texnologiyalari vazirligi departamenti direktori Rajiv Kumar, Hindiston dasturiy texnologiyalar parki jamiyati bosh direktori Omkar Ray, Ilg‘or kompyuter texnologiyalarini rivojlantirish markazi direktori Navin Jayn va boshqalar ishtirok etishdi.

Suhbat davomida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi. Jumladan, O‘zbekistonda IT-parklarni yaratish va rivojlantirish, TATU huzuridagi Javoharlal Neru nomidagi O‘zbek-Hind axborot texnologiyalari markazi bazasida Hindistonning Ilg‘or kompyuter texnologiyalarini rivojlantirish markazi (C-DAS) o‘quv dasturi bo‘yicha ixtisoslashtirilgan malaka oshirish kurslarini yo‘lga qo‘yish va elektron hukumat, axborot texnologiyalari sohasidagi boshqa muhim yo‘nalishlar bo‘yicha fikr almashildi.
Mavzuga oid

20:40 / 27.05.2025
Hindiston xususiy firmalarga zamonaviy qiruvchi samolyotlarini yig‘ishga ruxsat berdi

11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi

21:17 / 23.05.2025
Hindistonda kuchli yomg‘ir oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘ldi

21:32 / 21.05.2025