Sport | 21:08 / 17.11.2018
8542
1 daqiqa o‘qiladi

Lyov: «2018 yil hafsalamizni pir qildi»

Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyov Millatlar Ligasidagi muvaffaqiyatsiz ishtirokka izoh berdi. Fransiyaga 0:2 hisobida yutqazganidan so‘ng, Bundestim A divizionidagi guruhda so‘nggi o‘rinni egalladi.

«Buni qabul qilishimiz lozim. Hali Yevro-2020 yo‘llanmasini qo‘lga kiritish imkoniyatimiz bor. Biz saralash musobaqasida kuchlilardan foydalanamiz, biroq, yoshlarga ham imkon beramiz.

2018 yil hafsalamizni pir qildi. Biz Gelzenkirxenda yaxshi o‘yin namoyish qilib, muxlislar bilan yaxshi kayfiyatda xayrlashmoqchimiz», – dedi mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, Germaniya terma jamoasi JCh-2018 guruh bosqichida ham so‘nggi o‘rinni egallagan edi.

19 noyabr kuni Lyov shogirdlari Gelzenkirxenda Gollandiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazadi.

Mavzuga oid