Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston fuqarosi hamyurtining ikki oylik chaqalog‘ini o‘g‘irlab ketdi
O‘zbekistonlik kasal chaqaloqning biologik onasi o‘z vatandoshini ko‘rsatmoqda, hujjatlarga ko‘ra u qiz farzandni dunyoga keltirgan.
«Konkretno» nashriga ko‘ra, 16 noyabr kuni O‘zbekistonning 24 yoshli fuqarosi Moskva tumani politsiyasiga murojaat qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, 20 sentabr kuni Ordjonikidze ko‘chasidagi tug‘uruqxonada qiz farzandni dunyoga keltirgan. Ro‘yxatdan o‘tmagani va oqibatlardan qo‘rqqani tufayli ayol 36 yoshli vatandoshining hujjatlaridan foydalangan. Har ikki ayolning tashqi qiyofasi juda o‘xshashdir.
Dunyoga kelgan qiz kasal ekani aniqlandi: yurak porogi. Chaqaloqni Avangard ko‘chasidagi 1-sonli bolalar shifoxonasiga olib borishgan. Biologik onaning so‘zlariga qaraganda, 14 noyabr kuni ertalab hamyurti kasalxonaga kelib, bolani jonlantirish bo‘limidan olib ketgan. Unga rad javobi berishning iloji bo‘lmagan: sababi hujjatlar bo‘yicha aynan u chaqaloq onasidir.
Ta'kidlanishicha, hozirgi paytda gumonlanuvchi va bolaning qayerda ekani aniqlashtirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Peterburgda o‘zbekistonlik ayol sud qilinishi, u o‘z farzandini sotib yuborgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
08:25 / 28.05.2025
Sobyanin: Moskva yaqinida 30 dan ortiq dron yo‘q qilindi
23:26 / 19.05.2025
Rossiyada oilaviy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan ayol va uning uch farzandi O‘zbekistonga qaytarildi
07:41 / 10.05.2025
Moskvada Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putinning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
18:19 / 09.05.2025