Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Litva Interpoldan chiqish bilan tahdid qildi
Litva Seymi Interpoldan ehtimoliy chiqish to‘g‘risidagi rezolyutsiyani qabul qildi, bu rossiyalik Aleksandr Prokopchuk tashkilot rahbari etib saylansa yuz beradi. Bu haqda Delfi xabar qilmoqda.
88 nafar deputat buni ma'qullab ovoz berdi, 7 nafari betaraf qoldi, birorta deputat qarshi ovoz bermagan.
Interpol prezidenti lavozimini egallagan Men Xunvey sentabr oyi oxirida izsiz g‘oyib bo‘ldi. Keyinchalik aniqlanishicha, u Xitoyda qo‘lga olingan, mamlakat hukumati uni korrupsiyada gumonlamoqda. Xunvey tashkilot rahbari lavozimidan iste'foga chiqarildi.
Britaniyaning Times gazetasi rossiyalikni Interpol rahbari lavozimiga asosiy da'vogar sifatida ko‘rsatdi. AQSh senatorlari rossiyalik tashkilot rahbari lavozimini egallashiga qarshi chiqishdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq rossiyalikning yagona raqobatchisi sifatida Janubiy Koreya fuqarosi, hozirda Interpol rahbari vazifasini bajaruvchi bo‘lib ishlayotgan Kim Chen Yang ko‘rsatilgandi. Shu bilan birga, JAR ham tashkilot rahbari lavozimiga o‘z nomzodini ko‘rsatishi istisno etilmayapti.
Mavzuga oid
18:05 / 26.05.2025
Qotillikda ayblanayotgan o‘zbekistonlik Salvadordan Rossiyaga ekstraditsiya qilindi
19:13 / 23.05.2025
Litva 1 iyundan Rossiyaning nobiometrik xorijga chiqish pasportini tan olmaydi
19:20 / 19.05.2025
Litva Belarus ustidan BMT Xalqaro sudiga da’vo kiritdi
23:58 / 15.05.2025