Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya «Novichok» bo‘yicha AQShga tegishli ma'lumotni KQTTga topshiradi
Rossiya Kimyoviy qurolni taqiqlash bo‘yicha tashkilotga (KQTT) «Novichok» asab-falajlovchi moddasining g‘arbdagi ishlanmalari to‘g‘risida ma'lumotlar topshiradi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, bu haqda Rossiya Sanoat va savdo vazirligining konvensiya majburiyatlarini bajarish departamenti direktori Viktor Xolstov aytib o‘tgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya AQShda «Novichok» nomi bilan mashhur modda asab-falajlovchi zaharli vosita sifatida ishlab chiqarilganiga doir barcha tasdiqlovchi materiallarga ega.
Uning qo‘shimcha qilishicha, vazirlik «bu sohada ishlab chiqilgan barcha narsani tahlil qildi» hamda Amerika Qo‘shma Shtatlarida 1980-yillarda ishlab chiqilgan «kimyoviy moddalar katta miqdori»ni aniqlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq mart oyida Britaniyaning Solsberi shahrida «Novichok» asab-falajlovchi modda yordamida zaharlangan Yuliya Skripalning qallig‘i «yer yuzidan yo‘q bo‘lib qolgandi».
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
15:12 / 26.05.2026
Narkojinoyatda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik AQShdan deportatsiya qilindi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025