Jahon | 20:19 / 22.11.2018
5621
2 daqiqa o‘qiladi

Internetda AliExpress’ni nusxalovchi yuzlab xavfli saytlar aniqlandi

Foto: Justin Sullivan / Getty Images

Mutaxassislar internetda Xitoyning AliExpress saytini nusxalovchi 400 dan ko‘proq saytni aniqlashdi. Firibgarlar xorijda “Qora juma” deb ataluvchi savdolar arafasida shu tariqa faollashishgan. Bu haqda Group-IB kompaniyasi bayonotida aytilgan. 

Firibgarlar AliExpress’ga o‘xshash nomli saytlarni yaratib, ularni AliExpress’dagi kabi ranglarda bezab, uning logotipidan foydalanishmoqda. Ma'lum qilinishicha, bunday saytlarga oyiga 200 minggacha kishi kirishi va xaridor uchun zarar katta mablag‘ni tashkil qilishi mumkin.

Firibgarlar AliExpress’dan tashqari, onlayn-savdo bilan shug‘ullanuvchi boshqa internet-maydonchalarni ham nusxalashmoqda.

Ma'lum qilinishicha, Brand Protection jamoasi bunday saytlarning (198 ta) yirik tarmog‘ini aniqlagan. Undagi domen nomlarning aksariyati 2018 yil avgustida sotib olingan va Markaziy Amerikadagi Beliz davlatida qayd qilingan bir xosting-provayder – ISPIRIA Networks Ltd’ga ega.

Jinoyatchilarning maqsadi qalbaki mahsulotlarni sotish yoki kredit kartalardan ma'lumotlarni o‘g‘irlash bo‘lishi mumkin.

Mavzuga oid