Sport | 09:09 / 22.11.2018
6164
1 daqiqa o‘qiladi

Olimpiya chempioni musobaqadagi ichkilikbozlik tufayli faoliyatini to‘xtatdi

Foto: Getty Images

Kanadalik kyorlingchi Rayan Fray World Curling Tour musobaqasida yuz bergan voqea tufayli faoliyatini vaqtincha to‘xtatishi haqida e'lon qildi.

2014 yilgi Olimpiya chempioni o‘z jamoadoshlari bilan muz maydoniga kuchli mast holatda chiqqan va o‘zini axloqsiz tarzda tutgan. Keyinchalik sportchilar musobaqadan chetlatildi.

«Ro‘y bergan hodisalar tufayli, men jamoani tark etishga qaror qildim. Men uchun bu juda murakkab, ammo hozir shaxsiy rivojlanish va o‘sishga e'tibor qaratishim kerak. Jamoaga muvaffaqiyat tilayman. Men tarkibga qachon qaytishim mumkinligini hozircha ayta olmayman. O‘z maqsadlarimga tezroq erishish, bu voqeadan keyin o‘zimga kelish va yana sportga qaytish niyatidaman», - deb yozgan Fray o‘z tvitterida.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish