Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poroshenko Kuchmani ishdan olib tashladi
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Donbassdagi vaziyatni hal qilish bo‘yicha muloqot guruhidagi Kiyevning rasmiy vakilini o‘zgartirdi. Bu haqda TASS mamlakat Oliy radasi birinchi vitse-spikeri Irina Gerashchenkoga asosan xabar qildi.
Ta'kidlanishicha, mamlakat sobiq prezidenti Leonid Kuchma o‘rniga bu lavozimga sobiq bosh vazir, Xavfsizlik xizmati sobiq rahbari hamda Ukraina sobiq mudofaa vaziri Yevgeniy Martuk tayinlangan.
«U Minsk muzokaralari muammosini juda yaxshi biladi va Ukraina milliy manfaatlarini qat'iy himoya qiladi», - deya qayd etib o‘tdi Gerashchenko.
Ta'kidlanishicha, bundan oldin u Ukrainaning Muloqot guruhi xavfsizligi bo‘yicha kichik guruhida vakili bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Poroshenkoning vakili Putin Ukrainada beqarorlikni yuzaga keltirmoqchi ekanini aytgandi.
Mavzuga oid
22:04 / 22.05.2025
Putin Donbassga bormoqchi. Urush muzokaralari fonida
20:46 / 15.04.2025
Poroshenko Zelenskiy ofisini uzurpatsiyada aybladi
13:44 / 09.03.2025
Rossiyaning Ukraina bo‘ylab zarbalari oqibatida bir kunda 20 kishi halok bo‘ldi
19:47 / 06.01.2025