Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya: Saudiya Arabistoni Qoshiqchi ishi bo‘yicha hech qanday ma'lumot bermadi
Ar-Riyod tergovda hamkorlik qilish istagi haqidagi bayonotga qaramay, jurnalist Jamol Qoshiqchi ishi bo‘yicha ma'lumotni Anqara bilan bo‘lishmayapti. Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li payshanba kuni respublika va YeI siyosiy muloqoti masalalari bo‘yicha yuqori darajadagi yig‘ilish doirasida tashkil etilgan matbuot anjumanida ma'lum qildi.
«Biz Saudiya Arabistonining hamkorlik to‘g‘risidagi taklifini qabul qildik, ammo bunda bu o‘zaro aloqadan nima kutayotganimiz muhim, sababi hamkorlik maqsadi ma'lumot almashinuvida. Biz Saudiya Arabistoni Bosh prokuraturasidan ish bo‘yicha hech qanday ma'lumot olmadik», - dedi Chavusho‘g‘li.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saudiya valiahd shahzodasi taxtdan mahrum bo‘lishi mumkin ekani xabar berilgandi.
Reuters’ning xabar qilishicha, Saudiya Arabistoni podshohlik oilasining a'zolari shahzoda Muhammad bin Salmon Ol Saud taxtga chiqishiga qarshilik bildirishmoqda. Bu jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘ldirilishi tufayli yuz beryapti.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
07:52 / 28.05.2025
Saudiya Arabistonida Qurbon hayiti 6 iyun kuni nishonlanadi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025