IIV respublika aholisi va korxonalar rahbarlariga murojaat bilan chiqdi
Ichki ishlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi respublika aholisi hamda tashkilot, korxona va muassasalar rahbarlariga murojaat bilan chiqdi.
Qayd etilishicha, ob-havoning sovib ketishi natijasida gaz hamda elektr isitish moslamalaridan foydalanishga bo‘lgan ehtiyoj ortib boradi. Bunday paytlarda ayrim fuqarolarning ehtiyotsizligi oqibatida ko‘ngilsiz hodisalar sodir bo‘lishi mumkin.
Ularning oldini olish maqsadida, gaz va elektr uskunalardan hamda isitish moslamalaridan foydalanishda quyidagi yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilish so‘ralgan:
qo‘lbola va nosoz gaz va elektr isitish moslamalaridan foydalanmaslik;
isitish moslamalaridan foydalanishda ularni ishlab chiqargan korxonaning tavsiyasi va yo‘riqnomasi talablariga rioya qilish;
isitish moslamalari yaqinida yonuvchan buyum va oson alangalanuvchi mahsulotlarni saqlamaslik;
gaz uskunalarini ulash tartib-qoidalariga rioya qilish;
mabodo gaz hidi sezilsa, chiroq va uchqun chiqaruvchi moslamalardan aslo foydalanmaslik, darhol xonani shamollatish chorasini ko‘rish va bu haqda gaz xizmatiga xabar berish;
isitish pechlari va ularning mo‘rilarini sozligiga e'tibor berish.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq IIV yo‘l harakati qatnashchilariga murojaat bilan chiqqandi.
Mavzuga oid
16:11 / 17.11.2024
Probatsiya bo‘linmalari xodimlarining vakolatlari kengaytirildi
17:34 / 04.09.2024
O‘ndan ortiq davlatning politsiya oliy o‘quv yurtlari rahbarlari Toshkentda yig‘ildi – foto
11:40 / 23.08.2024
Jizzaxda soqol qo‘ygan 22 yoshli fuqaro ma’muriy javobgarlikka tortildi
13:30 / 20.08.2024