Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ko‘chmas mulkni noto‘g‘ri ro‘yxatdan o‘tkazganlik uchun yetkazilgan zararlar qoplanadi
«Davlat kadastrlari to‘g‘risida»gi qonunning 13-moddasiga tegishli tuzatishlar kiritish taklif etilmoqda. Qonun loyihasi muhokama qilish joylashtirilgan.
Norma xabariga ko‘ra, ko‘chmas mulk obektlariga bo‘lgan huquqlarni noto‘g‘ri ro‘yxatdan o‘tkazganlik uchun moddiy javobgarlikni joriy etish taklif qilinmoqda. Davergeodezkadastr (qonun loyihasini ishlab chiquvchi) taklifi qabul qilinsa, ko‘chmas mulk obektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organlar ko‘chmas mulk obektlari bilan vijdonan bitim tuzgan taraflarga yetkazilgan zararlarni qoplaydilar.
Ma'lumot uchun: yuridik va jismoniy shaxslarning ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarini va u haqda tuzilgan bitimlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar)dagi filiallari amalga oshiradilar.
Sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori qoplash uchun asos bo‘ladi. To‘lovlarni to‘lashning umumiy tartibi va miqdorini Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.
Loyiha o‘zgartirilishi, unga qo‘shimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Mavzuga oid
13:53 / 07.05.2025
BAA dunyoda birinchi bo‘lib qonunlarni yozishda sun’iy intellektdan foydalanmoqchi
07:59 / 23.04.2025
YaTT va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga rieltor faoliyatiga ruxsat berilishi mumkin
17:14 / 19.04.2025
Deputatlar sun’iy intellektda yaratilgan noqonuniy kontent uchun jazoga izoh berdi
20:06 / 14.04.2025