Jamiyat | 16:36 / 27.11.2018
17141
5 daqiqa o‘qiladi
Reklama

“Rozmetov” kompaniyasi: oilamizdan oilangizga!

Kolbasa brendi o‘zining rebrendingi haqida e'lon qildi va mijozlarni qanday yangiliklar kutishi haqida gapirib berdi.

Foto: Rozmetov

Har kuni siz qancha brend bilan ishlaysiz? Siz qancha qadoqni xatosiz topa olasiz? Bugun biz ayni shunday brendning ofisida bo‘ldik va u qanday va nima uchun o‘zgargani haqida bilib oldik.

Rebrending sabablari

Shinam xona, musiqa, kameralar chirog‘i, iliq va mehmondo‘st bir ziyofat. Yangilangan brend taqdimotida Rozmetovga tashrif buyurgan har bir kishi aynan shularni eslab qoladi. Yaqinda kompaniya brendning yangi konsepsiyasining samimiy taqdimotini o‘tkazdi. Bizning muxbirimiz mazali va sifatli kolbasa mahsulotlari bilan tanishtirishni rejalashtirgan yangiliklar haqida xabar berish uchun mazkur tadbirga birinchilar qatorida tashrif buyurdi.

Foto: Rozmetov
Foto: Rozmetov

Taqdimot mehmonlarini Rozmetovkompaniyasining boshliqlari va brendining asoschisi Ziyoviddin Ro‘zmetov kutib olishdi. Kirish nutqi bilan so‘zga chiqar ekan, u hammasi qanday boshlangani haqida aytib berdi va kompaniyaning asosiy qiymati oila ekanligini alohida qayd etdi. Rozmetov — avloddan avlodga saqlanib kelingan an'analarga asoslangan ishonchli oilaviy biznes. Katta miqyosli ishlab chiqarishdan oldin «O‘zbekiston» mehmonxonasining binosidagi kichik sexda biz o‘zimiz uchun, yaqinlarimiz uchun kolbasa ishlab chiqarishga qaror qilganmiz. Bizning oilamiz uchun bu qoidalar biznesda ham ishlaydi, - dedi u.

Deyarli 30 yil o‘tib, avval kichik korxona, so‘ngra esa bir zavod, bugungi kunga kelib esa Rozmetov kolbasa ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi ishlab chiqaruvchilardan biriga aylandi va u ikkita yirik quvvatli zavodga, o‘z kushxonasi va sakkizta kolbasa brendiga ega.

Foto: Rozmetov

Nima o‘zgardi?

Hamma narsa. Taqdimot chog‘ida kompaniyaning yetakchilaridan va rahbarlaridan biri Zafar Ro‘zmetov kompaniyaning tarixi bilan o‘rtoqlashdi va asosiy ustuvorliklari haqida so‘zlab berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, faqat bir narsa — mahsulotning sifati o‘zgarishsiz qoladi. «Oilamizdan oilangizga» — deyarli o‘ttiz yil avval brendning asosi bo‘lgan va kompaniyaning rebrendingi uchun asos yaratgan prinsip.

Har bir iste'molchi e'tiborga oladigan o‘zgarishlar: logotip, qadoqlash, mahsulot qatorini kengaytirish, ta'mi va eksklyuziv retseptlar bilan yangi tajribalar o‘tkazish. Yangilangan Rozmetov – bu kuchli jamoa va u yerda haqiqiy oilaviy muhit hukmronlik qiladi.

Foto: Rozmetov

Jamoa tashqi pozitsiyasini o‘zgartirdi, biroq shu paytning o‘zida, o‘z faoliyatining asosiy besh tamoyilini saqlab qoldi, bular:

- Rozmetov – bu bir katta oila. Oilamizdan oilangizga.

- Faqat xavfsiz mahsulotlar va yuqori sifat standartlari.

- Insonlar kompaniyaning asosiy qiymati va sarmoyalari hisoblanadi.

- Rozmetov yangi chaqiriqlardan va tajribalardan cho‘chimaydi va trendlarni belgilaydi.

- Xaridorlarning fikrlari — eng muhim ustuvorlik.

Rozmetov kolbasalarini yaxshi ko‘radiganlarni nimalar kutadi?

Yangi qadoqdagi sevimli kolbasani yaqin vaqt ichida barcha do‘kon va uyingiz yaqinidagi supermarketlardan xarid qilish mumkin. Kompaniya savdo tarmog‘ini kengaytirish va mamlakatning barcha hududlariga faol ravishda kirishni rejalashtirmoqda, bu esa yuqori sifatli va mazali kolbasa mahsulotlari shinavandalarini ko‘proq qamrab oladi.

Foto: Rozmetov
Foto: Rozmetov

Ta'kidlash joizki, tovar brendlarining yangi konsepsiyasi yaratilgan chog‘da, mutaxassislar mijozlarning istaklarini ham inobatga olishgan va ko‘p o‘tmay, har bir mijoz mahsulotlarning yangi ta'mi va qulay, foydali takliflarni ko‘rib, buni shaxsan tasdiqlashi mumkin.

Ishlab chiqaruvchilar asosiy mezonga rioya qilgan holda, retseptlar ustida ishlashni davom ettirishni rejalashtirganlar: kolbasa uchun sog‘lom, halol va yuqori sifatli go‘sht bo‘lishi kerak.

Taqdimotning yakunida mehmonlar yangilangan Rozmetov mahsulotlarini ilk marta tanovul qilishdi va mehmonlarning fikrlariga ko‘ra, kolbasa mahsulotlari haqiqatdan ham ular o‘z yaqinlariga sotib olishlari mumkin bo‘lgan sifatli mahsulot bo‘lib chiqdi.

Foto: Rozmetov
Foto: Rozmetov

Bonusga Rozmetov”dan rolik:

Oilamizdan oilangizga!

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid