Dunyodagi eng beqaror valyuta ma'lum qilindi
Turkiya milliy valyutasi – turk lirasi dunyodagi eng beqaror valyuta nomini Rossiya rubliga “boy berdi”. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, axborot agentligi o‘z hisob-kitoblarida bozorda valyutani sotib olish va sotishga tayyor bo‘lgan treyderlar harakatlari haqidagi ma'lumotlarga asoslanadi.
Bloomberg’da tushuntirilishicha, turk lirasi avgustda Anqara va Vashington o‘rtasidagi kelishmovchiliklar ortida yuz bergan jiddiy inqirozdan keyin birmuncha mustahkamlanib oldi. Bunga AQSh ma'muriyati tomonidan Turkiyaga solingan sanksiyalarning bir qismi bekor qilinishi va Turkiya markaziy bankining tayanch stavkasini 24 foizgacha oshirishi turtki bo‘lgan.
Rublga esa hamon neft narxining pasayishi hamda AQSh sanksiyalarning kuchaytirilishi mumkinligi bosim o‘tkazmoqda. Treyderlar Azov dengizda Rossiya tomonidan Ukraina harbiy kemalari ushlanishi bilan bog‘liq oxirgi voqealardan keyin rublga yanada kamroq ishonch bildirmoqdalar.
27 noyabrdagi savdolarga ko‘ra bir dollar 67,25 rubl, bir yevro 75,93 rubl turgan. Vaholanki, yil boshida dollar 56-57 rubldan, yevro esa 68-69 rubldan sotilgan.
Mavzuga oid
21:30 / 25.01.2023
Turkiya lirasi eng xatarli valuta maqomini oldi
23:24 / 23.12.2021
Turk lirasi rekord qadrsizlanishdan keyin mustahkamlanmoqda
22:15 / 17.12.2021
Turk lirasi qadrsizlanishda davom etmoqda. Istanbul birjasi o‘z ishini to‘xtatdi
21:13 / 03.12.2021