O‘zbekiston | 17:10 / 28.11.2018
47999
2 daqiqa o‘qiladi

Komil Allamjonov rahbarlik lavozimiga tayinlandi

O‘zbekiston Prezidentining sobiq matbuot kotibi Komil Ismoilovich Allamjonov O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi bosh direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. 

U boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimdan ozod etilgan Laziz Tangriyevning o‘rnida ish boshlaydi.

Komil Allamjonov 1984 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2006 yili O‘zbekiston davlat san'at va madaniyat institutini, 2010 yili Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.

2005-2009 yillarda Davlat soliq qo‘mitasi axborot xizmati boshlig‘i v.b., 2009-2013 yillarda Davlat soliq qo‘mitasi axborot xizmati boshlig‘i — qo‘mita matbuot kotibi sifatida ishlagan.

Komil Allamjonov 2017 yilning dekabrida prezident matbuot kotibi va prezident devoni rahbari o‘rinbosari lavozimlarini egallagandi.

2018 yilning 27 avgustida esa prezident Shavkat Mirziyoyevning «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbar xodimlarini lavozimga tayinlash to‘g‘risida»gi farmoni bilan Prezident Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari – Prezident matbuot kotibiga aylangandi.

U shu yilning oktabr oyi boshida lavozimdan ketgandi.

Mavzuga oid