Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskva osma arqon yo‘li ishga tushganining 3-kuni to‘xtatildi
26 noyabrda ishga tushirilgan Moskva osma arqon yo‘li 28 noyabrda kompyuter serverlariga qilingan kiberhujum sababli noma'lum muddatga to‘xtatildi.
Moskva meri Sergey Sobyanin osma arqon yo‘lini 26 noyabrda rasman ochgandi.
Funikulyorning xodimlari taxminan soat 14da kabinkalarni tezkorlik bilan to‘xtatib, ulardagi odamlarni yaqin oradagi stansiyalarda tushirishgan.
Ma'lum qilinishicha, osma arqon yo‘lini noma'lum xakerlar buzib kirishmoqchi bo‘lishgan. Xakerlar funikulyorni boshqaruvchi tashkilot serverlariga hujum qilib, yo‘lovchilar uchun xavf hosil qilishgan. Mutaxassislar tizimlarni tekshirib, ularning normal ishini tiklashmoqda. Osma arqon yo‘li qachon ishga tushishi sayt orqali ma'lum qilinishiga va'da qilingan.
“Yetkazilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. Keyingi ish jadvali ortidan srkvg.ru saytida kuzating”, deyilgan xabarda.
Moskva rahbariyati Vorobevi gori tepaligi va “Lujniki” stadionini 2018 yilgi jahon chempionatiga bog‘lashga harakat qilishgan. Biroq funikulyor qurilishi ko‘proq vaqt talab qilgan. Natijada obekt rejalashtirilgandan 700 metr ko‘proqqa cho‘zilgan. U soatiga 1600 kishini tashiy oladi.
Mavzuga oid
08:25 / 28.05.2025
Sobyanin: Moskva yaqinida 30 dan ortiq dron yo‘q qilindi
07:41 / 10.05.2025
Moskvada Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putinning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
19:49 / 08.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi
14:35 / 08.05.2025