Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Turkiyaga vertolyot dvigatellarini o‘z vaqtida yetkazib berishdan bosh tortdi
Turkiya tomonidan Pokistonga T129 Atak harbiy vertolyotlarining yetkazilib berilishi AQSh sababli kechikmoqda. Bu haqda Turkiyaning mudofaa sanoati kotibiyati vakili Karachidagi qurol-aslahalar ko‘rgazmasida ma'lum qildi.
Turkiya vakilining aytishicha, shartnoma bajarilishi kamida yarim yil ortga suriladi. “Bu AQShning Atak vertolyotlari uchun CTS800 turidagi dvigatellarni o‘z vaqtida yetkazib berishdan bosh tortishi bilan bog‘langan”, deb aytgan manba.
Ta'kidlanishicha, vertolyotlarni ushbu dvigatellar bilan jihozlash rejalashtirilgandi.
Uning aytishicha, shu sababli vertolyotlarni ishlab chiqaruvchi Turkish Aerospace Industries (TAI) boshqa dvigatellarni qo‘llash variantini o‘rganmoqda. “Ehtimol, Atak G‘arbiy Yevropada ishlab chiqarilgan dvigatellar bilan jihozlanishi mumkin. Shuningdek, Xitoyda ishlab chiqarilgan dvigatellar qo‘llanishi masala ko‘rib chiqilmoqda”, deb qo‘shimcha qilgan manba.
30 ta T129 Atak vertolyotini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma 2017 yilda tuzilgan. Ta'kidlanishicha, gap shartnomaning bekor qilinishi haqida bormayapti.
Avgustdayoq Defence News portali aviatsiya sohasidagi turkiyalik amaldorga iqtibos keltirgan holda vertolyotlarni Pokistonga yetkazib berish muddatlari Turkiya va AQSh o‘rtasidagi munosabatlarning yomonlashgani sababli cho‘zilishi mumkinligini ma'lum qilgandi. Ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar amerikalik pastorning Turkiyada hibsda ushlab turilishi, Vashington tomonidan suriyalik kurdlarning qo‘llab-quvvatlanishi, Eron bilan munosabatlar va Anqara tomonidan Rossiyaning S-400 majmualari sotib olinishi sababli yomonlashgandi.
S-400 majmualarining sotib olinishi AQShning noroziligini keltirib chiqargan. Vashington shu sababli Anqaraga sanksiyalar kiritish bilan tahdid qilmoqda.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025