Jahon | 09:45 / 01.12.2018
5358
1 daqiqa o‘qiladi

Abe Renault-Nissan-Mitsubishi alyansining taqdiri haqida gapirdi

Foto: AFP-JIJI

Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe ma'lum qilishicha, Nissan, Renault va Mitsubishi alyansining taqdiri xususiy biznes tomonidan belgilanadi. Bu haqda «RIA Novosti» yapon OAVga asosan xabar bermoqda.

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, bu haqda u Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan uchrashuvda aytib o‘tgan.

Ta'kidlanishicha, Makron o‘z navbatida alyansni saqlab qolish tarafdori ekanini ma'lum qilgan.

Shu bilan birga, Abening ta'kidlashicha, hukumatlar bu masalani hal qilmasligi kerak.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Makron Abe bilan Renault-Nissan-Mitsubishi alyansidagi janjalni muhokama qilishi xabar berilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid