Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sayohat qilishning eng hashamatli usuli – kemadagi xonadonni sotib olish
Moddiy jihatdan o‘ziga to‘q ko‘plab insonlar uchun sayohatlar hayotning odatiy qismiga aylanib ulgurdi. Shunday ekan, nima uchun ularga o‘zlarining hashamatli xonadonlarida dunyoning turli burchaklariga tashrif buyurish imkoniyatini taqdim etmaslik kerak. “Utopiya” sayohat kemasini yaratuvchilarning asosiy g‘oyasi ana shunday. Uning uzunligi deyarli 300 metrga teng, bortdagi xonadonlarning hashamati, ulug‘vorligi qulayligini ta'riflashga til ojiz. Suzib yuruvchi rezidensiyalarning narxi 4 million dollardan boshlanib, 36 million dollargacha yetadi.
Uch yildan ortiq vaqtdan so‘ng kema sayohatga otlanadi. U Uimbildon, Riodagi karnaval yoki Olimpiya o‘yinlari kabi dunyoning yirik sport va madaniy tadbirlariga tashrif buyurishi rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari, turli shaharlarga tashrif davomida portda odatdagidek bir necha sutka emas, bir necha hafta davomida qoladi.
Loyiha yaratuvchisi Devid Robning fikriga ko‘ra, «Utopiya» - sayohat qilishning eng hashamatli usuli va bu yerdagi ko‘plab xonadonlar allaqachon sotilgan. Barchasiga qo‘shimcha tarzda, Devidning kruiz kemasiga o‘xshash kema boshqa yo‘q. U 100 yil davomida xizmat qilishi mumkin.
Kemada maydoni 139 dan 576 kvadrat metrgacha bo‘lgan 190 ta xonadon mavjud. Interer moda va vaqt hukmiga bo‘ysunmaydigan klassik yechimlar bilan hashamatli qilib ishlangan. Dizaynerlarning asosiy vazifasi «Utopiya»ni kruiz layneri ko‘rinishida emas, Markaziy bog‘dagi hashamatli xonadonni esga soluvchi bo‘lib gavdalanishiga erishish edi.
Bortda ko‘ngilochar mashg‘ulotlar ham bo‘lishi ko‘zda tutilgan. Suzib yuruvchi rezidensiyada yashovchilar teatr, tungi klub yoki kazinoga borishlari, golf va tennis o‘ynashlari, jaz tinglashlari, hovuzda suzishlari, sport zaliga borish yoki piyodalar yo‘lakchasida sayr qilishlari mumkin. Kruizni amalga oshirish istagida bo‘lgan, biroq buning uchun katta apartamentlarni xarid qilishni xohlamaydiganlar uchun 160 xonadan iborat butik-mehmonxona faoliyat yuritadi.
Mavzuga oid
15:18 / 18.05.2025
Nyu Yorkda Meksika harbiy kemasi Bruklin ko‘prigiga urildi. Qurbonlar bor
20:05 / 05.05.2025
Xitoyda kuchli shamol sayyohlik kemalarini ag‘darib yubordi. 10 kishi halok bo‘ldi
17:01 / 19.04.2025
Kongoda kema halokati oqibatida 148 kishi halok bo‘ldi
12:22 / 17.04.2025