Jahon | 07:30 / 04.12.2018
6302
1 daqiqa o‘qiladi

Makron davlatidagi tartibsizliklar sababli Serbiyaga safarini bekor qildi

Foto: GLOBAL LOOK PRESS

Fransiya prezidenti Emmanyuel Makron davlatida davom etayotgan tartibsizliklar sababli Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchichdan Belgradga safarini keyinga qoldirishni iltimos qildi. 

Yelisey saroyi saytida e'lon qilingan ma'lumotlarga ko‘ra, Makron Belgradga 5-6 dekabrda tashrif buyurishi kerak edi. 

2019 yil 1 yanvardan Fransiyada benzin 3 yevrosentga, dizel yoqilg‘isi esa 6,5 yevrosentga oshiriladi. Hukumatning ushbu qarori butun Fransiya bo‘ylab aholi noroziligiga sabab bo‘lgan. Bunga qarshi norozilik harakati “sariq jiletlar” degan nom oldi. 

Mavzuga oid