Jahon | 08:49 / 06.12.2018
46340
2 daqiqa o‘qiladi

Gorbachyov jahondagi qarama-qarshilikning yangi bosqichini taxmin qildi

Foto: Mixail Djaparidze/TASS

Sobiq SSSR prezidenti Mixail Gorbachyovning Time jurnali uchun maqolasida yozishicha, jahon hamjamiyati qarama-qarshilik yoqasida turibdi.

O‘z maqolasida sobiq prezident qayta qurish davrida Moskva va Vashington o‘rtasidagi hamkorlik uchun poydevor qo‘yishga muvaffaq bo‘lganini eslaydi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 1989 yilgi Malta sammitida AQSh sobiq prezidenti Jorj Bush bilan uchrashgan hamda o‘shanda «sovuq urush ustidan chegara chizig‘i o‘tkazilgan».

Shuningdek, u 1991 yilda Strategik hujumkor qurollarni qisqartirish va cheklash to‘g‘risida bitim imzolangani muhim qadamga aylanganini bildirdi. Gorbachyov ta'kidlashicha, Qo‘shma Shtatlarning ushbu bitimdan ehtimoliy chiqib ketishi yangi qurollanish poygasiga olib keladi.

«Tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan bu natijalar hozir xavf ostida qoldi. Dunyo hozirgi kunda yangi qarama-qarshilik va yangi qurollanish poygasi yoqasida turibdi», - deya xulosa qilgan Gorbachyov.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Gorbachyov yangi qurollanish poygasi boshlangani haqida ma'lum qilgandi.

Mavzuga oid