Hindiston 3,3 mlrd dollarga suv osti kemasini ijaraga olmoqchi

Foto: REUTERS
Hindiston «Shchuka-B» rusumidagi Rossiya dengiz suv osti kemasini lizingga olish niyatida, muzokaralar hozir yakuniy bosqichda. Bu haqda India Today nashri yozmoqda.
Jurnal ma'lumotlariga ko‘ra, o‘tgan hafta Rossiyadan hindistonlik harbiylar delegatsiyasi qaytib keldi, ular «Bratsk» va «Samara» atom suv osti kemalarini tekshiruvdan o‘tkazdi. Qayd etilishicha, har ikki submarina 2014 yildan beri Severodvinskdagi «Zvezdochka» kemasozlik korxonasida ta'mirlanmoqda.
Nashrda ta'kidlanishicha, delegatsiya tarkibida suv osti kemalarini ijaraga olish imkoniyatlarini muhokama qilgan moliyachilar ham bo‘lgan. Qayd etilishicha, hind tomoni Rossiya taklif qilgan narxga rozi.
Hozirgi vaqtda Hindiston Rossiyadan «Nerpa» suv osti kemasini ijaraga oladi, u ham «Shchuka-B» sinfiga tegishli. Kema 2012 yilda Hindiston harbiy-dengiz kuchlari tarkibiga kirdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq kamida 13 davlat Rossiyaning S-400 zenit raketa majmualarini Amerika quroli o‘rniga sotib olmoqchi ekani xabar berilgandi.
Mavzuga oid

12:53
Xitoy Rossiyaning yana bir loyihasini rad etdi

12:22
Tramp Rossiya kemalarini AQSh portlarida qabul qilishga taqiqni uzaytirdi

09:55
Urush tufayli Rossiya qurol eksportini kamaytirdi. Uning jahon bozoridagi o‘rnini Hindiston egallamoqda

08:32