Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
KQTT Suriyada kimyoviy qurol ishlab chiqarilganiga oid dalillarni topmadi
Kimyoviy qurollarni taqiqlash tashkiloti (KQTT) mutaxassislari Suriya hududida kimyoviy qurol ishlab chiqarilayotgani haqidagi xabarlarga dalillar topmadilar. Bu haqda tashkilotning hisobotiga tayanib, RIA «Novosti» ma'lum qildi.
Hisobotda aytilishicha, KQTT mutaxassislari muqaddam kimyoviy jangovar zaharlovchi moddalar ishlab chiqarilgan beshta yer osti inshootini tekshirishgan. Ta'kidlanishicha, tashkilot kotibiyati obektlarga ruxsatsiz kirishga urinish izlari yo‘qligini tasdiqladi.
«Shuningdek, mutaxassislar ushbu obektlardagi ichki bo‘shliqlarni kuzatish uchun o‘rnatilgan masofaviy kuzatuv tizimiga noqonuniy ravishda ulanish bo‘lmaganini ham tasdiqlashdi», - deyiladi hisobotda.
Rossiya tomoni Suriyada kimyoviy qurol ishlatilgani haqida bir necha bor bayonot bilan chiqdi. Rasmiy Moskva fikricha, AQSh koalitsiyasi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan «Oq kaskalar» va jangarilar kimyoviy qurolni ishlatgan holda turli fitnalarni amalga oshirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov AQSh IShID yordamida Suriya rejimini o‘zgartirmoqchi ekani haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan
16:19 / 24.05.2025
AQSh Moliya vazirligi Suriyaga qarshi sanksiyalar yumshatilganini e’lon qildi
15:40 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
23:00 / 20.05.2025