Sport | 14:17 / 07.12.2018
28201
1 daqiqa o‘qiladi

Messidan futbolka olgan afg‘onistonlik bolakay ko‘chada qoldi

Foto: Unicef Afghanistan

2016 yilda afg‘onistonlik bolakay Murtoz Ahmadiyning sellofan paketdan Messining futbolkasini yasab, to‘p o‘ynab yurgani tasvirlangan fotosuratlar dunyo matbuotida tarqalgan edi.

Shundan so‘ng, argentinalik futbolchi Murtozni izlab topib, u bilan uchrashdi va futbolkasini sovg‘a qildi.

EFE xabariga ko‘ra, ayni paytda bolakay uysiz qolgan. Murtoz yashaydigan qishloqda harbiy harakatlar o‘tkazilganidan so‘ng, uning uyi batamom buzilgan.

Shundan so‘ng, u oilasi bilan qochqinlar uchun mo‘ljallangan boshpanaga ko‘chib o‘tgan.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid